Xirurgiya

Nafaqat tishlarni olib tashlash, balki og‘iz bo‘shlig‘idagi to‘qimalarni saqlab qolish va tiklashga qaratilgan murakkab amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.

Xirurgiya

Dr. Ochilov klinikasida xirurgik aralashuvlar eng so‘nggi chora sifatida va tishni saqlab qolishning barcha imkoniyatlari ko‘rib chiqilgandan keyin amalga oshiriladi. Bizda tishlarni shu jumladan, murakkab «aql tishlari»ni olib tashlash, milkdagi plastik amaliyotlar va implantatsiyadan oldingi suyak ko‘paytirish (sinus-lifting) jarayonlari mutlaqo sterillik va yuqori aniqlikda o‘tkaziladi. Zamonaviy anesteziya usullari yordamida bemor amaliyot davomida hech qanday og‘riq sezmaydi, operatsiyadan keyingi tiklanish davri esa mutaxassislarimiz nazorati ostida tez va asoratsiz kechadi.

Biz nimani taklif qilamiz

Xizmatlar va narxlar

Bolalar

UZS 100.000

Kattalar

UZS 150.000

Murakkab tish olish + gubka + PRF

UZS 300.000

Aql tish olish

UZS 200.000

Murakkab aql tish olish + gubka + PRF

UZS 500.000 - 800.000

Rezeksiya

UZS 500.000

Razrez (kesib yiring chiqarish)

UZS 200.000

Tez So'raladigan Savollar

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

Ha, bu bir lahzali implantatsiya deb ataladi. Agar milkda kuchli yallig‘lanish bo‘lmasa va suyak holati imkon bersa, tish olingan zahoti uning o‘rniga implant o‘rnatish mumkin. Bu bemorning vaqtini tejaydi va milk shaklining saqlanib qolishini ta'minlaydi.

Agar aql tishi to‘g‘ri chiqayotgan bo‘lsa, qo‘shni tishlarga zarar bermasa va chaynashda qatnashsa, uni olib tashlash shart emas. Biroq, u tish qatorini qiyshaytirsa, kariesga moyil bo‘lsa yoki milk ostida yashirin qolib og‘riq bersa, uni xirurgik yo‘l bilan olib tashlash tavsiya etiladi.

Ha, tish olingandan yoki implant o‘rnatilgandan keyin yengil shish paydo bo‘lishi organizmning tabiiy reaksiyasidir. Odatda shish amaliyotdan keyingi ikkinchi-uchinchi kuni eng yuqori nuqtaga chiqadi va shifokor tavsiya qilgan muolajalar yordamida 5-7 kun ichida butunlay qaytadi.

Agar implant o‘rnatish uchun jag‘ suyagi yetarli bo‘lmasa, biz suyak massasini sun'iy ravishda ko‘paytirish amaliyotini o‘tkazamiz. Bu implantning suyakka mustahkam birikishi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun zarur bo‘lgan muhim bosqichdir.

Amaliyotdan keyin 2-3 soat davomida ovqatlanmaslik, kun davomida issiq va qattiq mahsulotlarni iste'mol qilmaslik, og'izni kuchli chayqamaslik va jismoniy zo'riqishdan qochish lozim. Shifokor tayinlagan dori vositalarini o‘z vaqtida ichish asoratlarning oldini oladi.

Ko'proq ma'lumot kerakmi?