Gigiyena

Tishlarni toshlardan, karashlardan tozalash va ularning tabiiy rangini tiklash jarayonidir. Bu xizmat tish chirishi karies va milk kasalliklarining oldini olishda eng samarali profilaktika hisoblanadi.

Gigiyena

Kundalik tish yuvish jarayoni tishlar orasidagi va milk ostidagi barcha karashlarni tozalashga yetarli bo‘lmasligi mumkin. Dr. Ochilov klinikasida professional tish gigiyenasi zamonaviy Ultrasonik ultratovush va Air-Flow texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bu jarayon tish emalini shikastlamagan holda, choy, kofe va tamaki mahsulotlaridan qolgan dog‘larni butunlay ketkazadi, og‘izdagi noxush hidni yo‘qotadi va milklarni mustahkamlaydi. Professional tozalashdan so‘ng tishlaringiz o‘zining tabiiy yorqinligiga qaytadi va karies xavfi sezilarli darajada kamayadi.

Biz nimani taklif qilamiz

Xizmatlar va narxlar

Tishlarni ultra tovushli tozalash

UZS 300.000

Ftor Lak - 1 ta qatnov

UZS 50.000

Tishlarni AIR FLOW qilish

UZS 400.000

Oqartirish (AMAZING)

UZS 800.000

Kalsiy (pt)

UZS 50.000

Tez So'raladigan Savollar

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

Tish va milklar sog‘lig‘ini saqlash uchun yiliga 2 marta (har 6 oyda) professional gigiyenani o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar sizda breketlar bo‘lsa yoki tish toshlari tez shakllanishiga moyillik bo‘lsa, bu jarayonni har 3-4 oyda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Yo‘q. Biz foydalanadigan ultratovush va Air-Flow usullari faqat tish yuzasidagi tosh va karashlarga ta’sir qiladi. Tishning qattiq to‘qimalari (emali) bu jarayonda mutlaqo shikastlanmaydi va o‘z butunligini saqlab qoladi.

Tozalash jarayoni kimyoviy oqartirish emas, balki tishning tabiiy rangini qaytarishdir. Tish yuzasidagi kofe, choy va boshqa bo‘yoqlardan hosil bo‘lgan qatlam olib tashlangani hisobiga tishlar vizual ravishda 1-2 tonnaga ochroq va yorqinroq ko‘rinadi.

Aksariyat hollarda ayniqsa tish toshlari ko‘p bo‘lgan bemorlarda, dastlabki 3-5 kun davomida sovuq yoki issiqqa nisbatan yengil sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Buni oldini olish uchun biz muolajadan so‘ng tishlarni maxsus flyuorlovchi ftorli laklar bilan qoplaymiz, bu esa emalni mustahkamlaydi va sezuvchanlikni yo‘qotadi.

Muolajadan keyingi dastlabki 2-3 soat davomida ovqatlanmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, 24 soat davomida "oq parhez"ga amal qilish, ya’ni tishga rang beruvchi mahsulotlar (lavlagi, qahva, kuchli choy, qizil sharbatlar) va tamaki iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiqdir.

Ko'proq ma'lumot kerakmi?