Ushbu sahifada stomatologiya bilan bog‘liq eng ko‘p beriladigan savollarga javob toping. Biz sizga to‘g‘ri ma’lumot berish orqali xavotirlaringizni kamaytirishga yordam beramiz 🙂
Dr. Ochilov klinikasiga tashrif buyurishdan oldin bemorlarimizni qiziqtirgan asosiy masalalar, davolash muddati va kafolatlar haqida batafsil ma’lumot tayyorladik
Ha, albatta. Biz o‘tkir tish og‘rig‘i, turli jarohatlar yoki kutilmagan shishlar kabi shoshilinch holatlarda bemorlarni navbatsiz qabul qilamiz. Bunday vaziyatlarda darhol bizning ma'muriyat bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz, mutaxassislarimiz sizga tezkor yordam ko‘rsatish uchun doim tayyor
Birinchi marta tashrif buyurgan bemorlar uchun shifokor ko'rigi va davolash rejasini tuzish mutlaqo bepul
Ha, biz barcha xizmatlarimizga, ayniqsa implantatsiya, koronka qo'yish va protezlash amaliyotlariga uzoq muddatli sifat kafolatini taqdim etamiz.
Bizda kichik yoshdagi bemorlar uchun maxsus bolalar stomatologi bo'limi mavjud. Bolalarni ilk tishlari chiqqanidan boshlab ko'rikka olib kelishingiz mumkin
Bitta implantni o'rnatish o'rtacha 20-30 daqiqa vaqt oladi. To'liq tiklanish jarayoni esa organizmning xususiyatlariga qarab bir necha oy davom etishi mumkin. Ammo implantlar biologik moslashuvchan va tez bitadi
Bizda barcha turdagi to'lov usullari (naqd pul, plastik kartalar va Click/Payme tizimlari) mavjud.
Klinikalarimiz Vobkent tumani markazida, 23-maktab ortida, aholi uchun eng qulay va oson topiladigan hududda joylashgan. Bizning aniq manzilimizni saytning eng pastki (Footer) qismidagi Google Maps yoki Yandex xaritasi orqali ko‘rishingiz mumkin. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va Telegram-botimiz orqali ham lokatsiya yuborish imkoniyati mavjud.
Yo‘q mutlaqo og‘riqsiz. Amaliyot mahalliy anesteziya ya'ni og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi. Bemor jarayon davomida hech qanday noqulaylik his qilmaydi. Operatsiyadan keyingi yengil simillash esa shifokor tavsiya qilgan oddiy og‘riq qoldiruvchilar yordamida oson bartaraf etiladi.
To‘g‘ri parvarish qilinganda va shifokor tavsiyalariga amal qilinganda, implantlar umrbod xizmat qilishi mumkin. Bizning klinikamizda o‘rnatilgan implantlarning sifati va chidamliligiga uzoq muddatli rasmiy kafolat beriladi.
Bitta implantni jag‘ suyagiga o‘rnatish jarrohlik qismi o‘rtacha 15–30 daqiqa vaqt oladi. Shundan so‘ng implantning suyakka to‘liq birikishi (osteointegratsiya) uchun yuqori jag‘da 4–6 oy, pastki jag‘da esa 2–3 oy vaqt talab etiladi. Suyak bitgach ustiga doimiy tish toji qo‘yiladi.
Zamonaviy stomatologiyada implantlarning suyakka muvaffaqiyatli o‘rnashish ko‘rsatkichi 98-99% ni tashkil qiladi. Biz yuqori biologik moslashuvchanlikka ega bo‘lgan sof titandan ishlangan yetakchi brendlar implantlaridan foydalanamiz, bu esa rad etish xavfini deyarli nolga tushiradi.
Onkologik kasalliklar, qon ivishining og‘ir buzilishlari, dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabet va og‘iz bo‘shlig‘ining o‘ta yomon gigiyenasi implantatsiyaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Surunkali kasalliklar nazorat ostida bo‘lsa (kompensatsiya bosqichida) aksariyat hollarda implant o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Ortodontik davolanishning yosh chegarasi yo‘q. Tishlarni va tishlamni har qanday yoshda (hatto 30–40 yoshdan keyin ham) muvaffaqiyatli tekislash mumkin. Bolalarda bu jarayon biroz tezroq kechadi, kattalarda esa suyak shakllanib bo‘lgani sababli biroz ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Lekin Class muammolari kattalarda ba'zi hollarda jarrohlik amaliyoti orqali tiklanadi
Breketlarni o‘rnatish jarayoni mutlaqo og‘riqsiz. Biroq, o‘rnatilgandan keyingi dastlabki 3–7 kun davomida tishlarda bosim va yengil simillash his qilinishi tabiiy, chunki tishlar harakatlanishni boshlaydi. Bu moslashish davri bo‘lib, o‘rtacha bir haftada o‘tib ketadi va bemor unga butunlay ko‘nikadi. Bu davrda tishga bosim bermaslik va yumshoq ovqatlarni yeyish talab qilinadi.
Davolanish muddati har bir bemorning tishlam muammosi murakkabligiga qarab individual belgilanadi. O‘rtacha davomiylik 1 yildan 2,5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Dastlabki sezilarli natijalarni esa breket taqqandan keyin 3–4 oy ichida ko‘rish mumkin.
Breket tizimining qulflari ko‘chib ketmasligi uchun o‘ta qattiq (yong‘oq, quritilgan non, qattiq konfetlar) va yopishqoq (saqich, karamel, irislar) mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Olma, sabzi kabi meva-sabzavotlarni esa tishlamasdan, bo‘laklarga bo‘lib yeyish kerak bo‘ladi.
Ha, zamonaviy stomatologiyada breketlarga muqobil sifatida elaynerlar (shaffof kappalar) mavjud. Ular mutlaqo shaffof bo‘lib, tishda deyarli ko‘rinmaydi va ovqatlanish hamda tish yuvish vaqtida osongina yechib qo‘yiladi. Biroq, elaynerlar hamma turdagi murakkab tishlam muammolariga to‘g‘ri kelavermaydi, shuning uchun shifokor ko‘rigi zarur.
Sirkoniy tabiiy toshdan ishlangan qoplamalar mutlaqo tabiiy ko‘rinishga ega bo‘lib, ular yorug‘likni xuddi o‘z tishimizdek o‘tkazadi. Ular metall-keramikaga qaraganda ancha yengil, mustahkam va milklarda qora chiziq hosil qilmaydi. Shuningdek, sirkoniy organizm uchun gipoallergen (allergiyaga qarshi) material hisoblanadi.
Vinirlar bu tishning oldingi yuzasiga yopishtiriladigan o‘ta yupqa keramika plastinkalari bo‘lib, ular tish rangini va shaklini ideal darajaga keltiradi. To‘g‘ri parvarish qilinganda vinirlar 15 yildan ortiq xizmat qilishi va rangini o‘zgartirmasligi mumkin.
Yo‘q. Tishni qoplamaga tayyorlash (yo‘nish) va o‘lcham olish jarayonlari eng zamonaviy anesteziya usullari yordamida amalga oshiriladi. Bemor hatto murakkab protezlash jarayonlarida ham og‘riqni his qilmaydi.
Ha, albatta. Bunday hollarda biz implantlar ustiga o‘rnatiladigan to‘liq protezlar yoki zamonaviy olinadigan protezlar (neylon, akril) xizmatini taklif etamiz. Bu bemorga nafaqat chiroyli tabassum, balki ovqatni bemalol chaynash imkonini ham qaytaradi.
O‘rtacha protezlash jarayoni 2 tadan 4 tagacha tashrifni talab qiladi. Birinchi bosqichda diagnostika va o‘lcham olinadi, ikkinchi yoki uchinchi bosqichda sinab ko‘riladi (primera) va yakuniy bosqichda tish qoplamasi doimiy ravishda o‘rnatiladi.
Vinirlar tishning faqat oldingi (fasad) qismiga yopishtiriladigan yupqa qoplamalar bo'lgani uchun ular asosan 8-10 ta yuqori va pastki tishlarga o'rnatiladi. Chaynash tishlariga (mollyarlar) vinir qo'yilmaydi, chunki ular kuchli bosimga chidashi kerak. Vinir faqat tabassum uchun.
Albatta! Sut tishlari jag‘ning to‘g‘ri shakllanishi va doimiy tishlarning o‘rni saqlanishi uchun juda muhimdir. Davolanmagan sut tishidagi infeksiya uning ostidagi doimiy tish murtagiga zarar yetkazishi yoki uning noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Biz bolalarni ilk tishlari chiqqanidan boshlab ko‘rikka olib kelishni tavsiya etamiz. Bu bolaning shifokorga va klinika muhitiga ko‘nikishi uchun muhim. Profilaktik ko‘riklar esa muammolarni erta aniqlash va og‘riqsiz bartaraf etish imkonini beradi.
Bu tishning chaynash yuzasidagi chuqurchalarni (fissuralarni) maxsus himoya qatlami bilan yopishdir. Bu usul tishlarni kariesdan himoya qilishning eng samarali yo‘li bo‘lib, oziq-ovqat qoldiqlari to‘planib, tish chirishini boshlashining oldini oladi.
"Qo'rqma", "Ukol qilmaydi", "Vahima qilma" kabi so'zlarni ota-onalar ishlatmaslikni so‘raymiz. Uyda "shifokor-bemor" o‘yinini o‘ynash yoki stomatologga shunchaki "tishlarni sanash va yuvish" uchun borayotganingizni aytish eng yaxshi tayyorgarlikdir.
Tish pastasi bolaning yoshiga mos bo‘lishi va tarkibidagi ftor miqdori mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra tanlanishi lozim. Tish cho‘tkasi esa yumshoq va bolaning og‘iz bo‘shlig‘i o‘lchamiga mos, tutqichi esa ushlashga qulay bo‘lishi kerak.
Yo‘q, zamonaviy anesteziya usullari yordamida bu jarayon mutlaqo og‘riqsiz kechadi. Bemor faqat shifokor ishlayotganini sezadi, lekin hech qanday noqulaylik his qilmaydi. Aksincha, endodontik davolash tishdagi o‘tkir va chidab bo‘lmas og‘riqni bartaraf etishga yordam beradi.
To‘g‘ri davolangan va sifatli plombalangan tish o‘n yillar davomida, hatto umrbod xizmat qilishi mumkin. Biroq, asabi olingan tish mo‘rt bo‘lib qolishi sababli, uning mustahkamligini saqlash uchun ustiga qoplama (koronka) qo‘yish tavsiya etiladi.
Ha, muolajadan keyingi dastlabki 2-3 kun davomida tishda ayniqsa, tishlaganda yengil noqulaylik yoki sezuvchanlik bo‘lishi tabiiy. Bu to‘qimalarning tiklanish jarayoni bo‘lib, shifokor tavsiya qilgan og‘riq qoldiruvchilar yordamida oson o‘tib ketadi.
Agar avvalgi davolashda kanallar oxirigacha tozalanmagan yoki to‘liq yopilmagan bo‘lsa, vaqt o‘tib infeksiya yana rivojlanishi periodontit hosil bo'lishi mumkin. Bunday hollarda biz eski plombalarni olib tashlab, kanallarni qayta sterillaymiz va germetik yopamiz.
O‘z tishingizni saqlab qolish har doim afzalroqdir. Tish sug‘urilgandan keyin uning o‘rnini to‘ldirish uchun implantatsiya yoki protezlash kabi qimmatroq va uzoq davom etadigan muolajalar talab qilinadi. Endodontiya esa tishning o‘z funksiyasini saqlab qolish imkonini beradi.
Karies boshlang‘ich bosqichda tish yuzasidagi oq yoki jigarrang dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, shirin, sovuq yoki issiq mahsulotlar iste’mol qilganda qisqa muddatli sezuvchanlik paydo bo‘lishi kariesning ilk belgisidir. Profilaktik ko‘riklar kariesni og‘riq bermasdan oldin aniqlash imkonini beradi.
Biz foydalanadigan zamonaviy nanokompozit materiallar, to‘g‘ri parvarish qilinganda, o‘rtacha 5 yildan 10 yilgacha va undan ko‘proq xizmat qiladi. Plombaning chidamliligi bemorning shaxsiy gigiyenasiga va tishga tushadigan yuklamaga ham bog‘liq.
Oddiy plomba shunchaki tishdagi bo‘shliqni to‘ldirsa, badiiy restavratsiya tishning tabiiy relyefi, do‘ngchalari, egatlari va rang o‘tishlarini gradatsiyasini to‘liq qayta tiklaydi. Natijada davolangan tishni sog‘lom tishdan ajratib bo‘lmaydi.
Ha, agar plomba chetlari tishga jips yopishmay qolgan bo‘lsa mikro-yoriqlar paydo bo‘lsa, uning ostida ikkilamchi karies rivojlanishi mumkin. Rangning o‘zgarishi ham plomba germetikligining buzilganidan dalolat berishi mumkin, shuning uchun ularni yangilash tavsiya etiladi.
Ha, homiladorlikning ikkinchi trimestri 4-6 oylik tishlarni davolash uchun eng xavfsiz davr hisoblanadi. Infeksiya o‘chog‘ini qoldirish homila uchun ko‘proq xavfli bo‘lishi mumkin. Biz homilador ayollar uchun xavfsiz, tarkibida adrenalin bo‘lmagan maxsus anesteziya vositalarini qo‘llaymiz.
Ha, bu bir lahzali implantatsiya deb ataladi. Agar milkda kuchli yallig‘lanish bo‘lmasa va suyak holati imkon bersa, tish olingan zahoti uning o‘rniga implant o‘rnatish mumkin. Bu bemorning vaqtini tejaydi va milk shaklining saqlanib qolishini ta'minlaydi.
Agar aql tishi to‘g‘ri chiqayotgan bo‘lsa, qo‘shni tishlarga zarar bermasa va chaynashda qatnashsa, uni olib tashlash shart emas. Biroq, u tish qatorini qiyshaytirsa, kariesga moyil bo‘lsa yoki milk ostida yashirin qolib og‘riq bersa, uni xirurgik yo‘l bilan olib tashlash tavsiya etiladi.
Ha, tish olingandan yoki implant o‘rnatilgandan keyin yengil shish paydo bo‘lishi organizmning tabiiy reaksiyasidir. Odatda shish amaliyotdan keyingi ikkinchi-uchinchi kuni eng yuqori nuqtaga chiqadi va shifokor tavsiya qilgan muolajalar yordamida 5-7 kun ichida butunlay qaytadi.
Agar implant o‘rnatish uchun jag‘ suyagi yetarli bo‘lmasa, biz suyak massasini sun'iy ravishda ko‘paytirish amaliyotini o‘tkazamiz. Bu implantning suyakka mustahkam birikishi va uzoq muddat xizmat qilishi uchun zarur bo‘lgan muhim bosqichdir.
Amaliyotdan keyin 2-3 soat davomida ovqatlanmaslik, kun davomida issiq va qattiq mahsulotlarni iste'mol qilmaslik, og'izni kuchli chayqamaslik va jismoniy zo'riqishdan qochish lozim. Shifokor tayinlagan dori vositalarini o‘z vaqtida ichish asoratlarning oldini oladi.
Tish va milklar sog‘lig‘ini saqlash uchun yiliga 2 marta (har 6 oyda) professional gigiyenani o‘tkazish tavsiya etiladi. Agar sizda breketlar bo‘lsa yoki tish toshlari tez shakllanishiga moyillik bo‘lsa, bu jarayonni har 3-4 oyda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Yo‘q. Biz foydalanadigan ultratovush va Air-Flow usullari faqat tish yuzasidagi tosh va karashlarga ta’sir qiladi. Tishning qattiq to‘qimalari (emali) bu jarayonda mutlaqo shikastlanmaydi va o‘z butunligini saqlab qoladi.
Tozalash jarayoni kimyoviy oqartirish emas, balki tishning tabiiy rangini qaytarishdir. Tish yuzasidagi kofe, choy va boshqa bo‘yoqlardan hosil bo‘lgan qatlam olib tashlangani hisobiga tishlar vizual ravishda 1-2 tonnaga ochroq va yorqinroq ko‘rinadi.
Aksariyat hollarda ayniqsa tish toshlari ko‘p bo‘lgan bemorlarda, dastlabki 3-5 kun davomida sovuq yoki issiqqa nisbatan yengil sezuvchanlik bo‘lishi mumkin. Buni oldini olish uchun biz muolajadan so‘ng tishlarni maxsus flyuorlovchi ftorli laklar bilan qoplaymiz, bu esa emalni mustahkamlaydi va sezuvchanlikni yo‘qotadi.
Muolajadan keyingi dastlabki 2-3 soat davomida ovqatlanmaslik tavsiya etiladi. Shuningdek, 24 soat davomida "oq parhez"ga amal qilish, ya’ni tishga rang beruvchi mahsulotlar (lavlagi, qahva, kuchli choy, qizil sharbatlar) va tamaki iste’mol qilmaslik maqsadga muvofiqdir.