Endodontiya

Tishning ichki to‘qimalari kanal tizimini davolashga qaratilgan stomatologiya yo‘nalishidir. Bu xizmatning asosiy maqsadi hatto qattiq shikastlangan yoki yallig‘langan tishlarni ham sug‘urib tashlamasdan, ularni saqlab qolishdir.

Endodontiya

Tishning ichki qismi (pulpa) infeksiyalanganda yoki yallig‘langanda, yagona najot yo‘li professional endodontik davolashdir. Dr. Ochilov klinikasida tish kanallarini davolash eng zamonaviy apeks-lokatorlar va yuqori aniqlikdagi uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Biz kanallarni nafaqat tozalaymiz, balki ularni germetik ravishda plombalab, tish ildizini bakteriyalardan butunlay himoya qilamiz. Bu muolaja tishning uzoq yillar xizmat qilishini ta’minlaydi va murakkabroq jarrohlik amaliyotlarining oldini oladi.

Biz nimani taklif qilamiz

Xizmatlar va narxlar

Bir ildizli tishlarni guttapercha bilan plombalsh

UZS 150.000

Ko’p ildizli tishlarni guttapercha bilan plombalsh

UZS 200.000

Ottok (yiring chiqarish)

UZS 100.000

Ildiz kanaliga (Ca) vaqtincha plomba

UZS 100.000

Tez So'raladigan Savollar

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

Yo‘q, zamonaviy anesteziya usullari yordamida bu jarayon mutlaqo og‘riqsiz kechadi. Bemor faqat shifokor ishlayotganini sezadi, lekin hech qanday noqulaylik his qilmaydi. Aksincha, endodontik davolash tishdagi o‘tkir va chidab bo‘lmas og‘riqni bartaraf etishga yordam beradi.

To‘g‘ri davolangan va sifatli plombalangan tish o‘n yillar davomida, hatto umrbod xizmat qilishi mumkin. Biroq, asabi olingan tish mo‘rt bo‘lib qolishi sababli, uning mustahkamligini saqlash uchun ustiga qoplama (koronka) qo‘yish tavsiya etiladi.

Ha, muolajadan keyingi dastlabki 2-3 kun davomida tishda ayniqsa, tishlaganda yengil noqulaylik yoki sezuvchanlik bo‘lishi tabiiy. Bu to‘qimalarning tiklanish jarayoni bo‘lib, shifokor tavsiya qilgan og‘riq qoldiruvchilar yordamida oson o‘tib ketadi.

Agar avvalgi davolashda kanallar oxirigacha tozalanmagan yoki to‘liq yopilmagan bo‘lsa, vaqt o‘tib infeksiya yana rivojlanishi periodontit hosil bo'lishi mumkin. Bunday hollarda biz eski plombalarni olib tashlab, kanallarni qayta sterillaymiz va germetik yopamiz.

O‘z tishingizni saqlab qolish har doim afzalroqdir. Tish sug‘urilgandan keyin uning o‘rnini to‘ldirish uchun implantatsiya yoki protezlash kabi qimmatroq va uzoq davom etadigan muolajalar talab qilinadi. Endodontiya esa tishning o‘z funksiyasini saqlab qolish imkonini beradi.

Ko'proq ma'lumot kerakmi?