Bolajonlarda stomatologga nisbatan ishonch va do‘stona munosabatni shakllantirish san’atidir. Dr. Ochilov klinikasida biz bolalarning ilk tashrifi stressiz va qiziqarli o‘tishiga alohida e’tibor qaratamiz.
Bizning klinikamizda bolalar stomatologiyasi alohida mehr va ehtiyotkorlik bilan tashkil etilgan. Biz bolajonlarni shunchaki davolamaymiz, balki ularga tishlarni to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rgatamiz. Zamonaviy uskunalar, rangli plombalar va og‘riqsiz anesteziya usullari bolangizga muolaja davomida o‘zini xotirjam his qilish imkonini beradi. Shifokorlarimiz psixologik yondashuv orqali hatto eng qaysar bemorlar bilan ham til topisha oladilar. Bizning maqsadimiz bolajoningiz klinikadan qo‘rquv bilan emas, balki tabassum bilan chiqib ketishidir.
Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.
Albatta! Sut tishlari jag‘ning to‘g‘ri shakllanishi va doimiy tishlarning o‘rni saqlanishi uchun juda muhimdir. Davolanmagan sut tishidagi infeksiya uning ostidagi doimiy tish murtagiga zarar yetkazishi yoki uning noto‘g‘ri chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Biz bolalarni ilk tishlari chiqqanidan boshlab ko‘rikka olib kelishni tavsiya etamiz. Bu bolaning shifokorga va klinika muhitiga ko‘nikishi uchun muhim. Profilaktik ko‘riklar esa muammolarni erta aniqlash va og‘riqsiz bartaraf etish imkonini beradi.
Bu tishning chaynash yuzasidagi chuqurchalarni (fissuralarni) maxsus himoya qatlami bilan yopishdir. Bu usul tishlarni kariesdan himoya qilishning eng samarali yo‘li bo‘lib, oziq-ovqat qoldiqlari to‘planib, tish chirishini boshlashining oldini oladi.
"Qo'rqma", "Ukol qilmaydi", "Vahima qilma" kabi so'zlarni ota-onalar ishlatmaslikni so‘raymiz. Uyda "shifokor-bemor" o‘yinini o‘ynash yoki stomatologga shunchaki "tishlarni sanash va yuvish" uchun borayotganingizni aytish eng yaxshi tayyorgarlikdir.
Tish pastasi bolaning yoshiga mos bo‘lishi va tarkibidagi ftor miqdori mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra tanlanishi lozim. Tish cho‘tkasi esa yumshoq va bolaning og‘iz bo‘shlig‘i o‘lchamiga mos, tutqichi esa ushlashga qulay bo‘lishi kerak.