Terapiya

Tish kariesi va uning asoratlarini davolash, tishlarning shakli va funksiyasini qayta tiklash

Terapevtik stomatologiya

Terapevtik davolash Dr. Ochilov klinikasida og‘riqsiz va yuqori sifatli materiallar yordamida amalga oshiriladi. Biz kariesning har qanday bosqichini yuzaki dog‘lardan tortib, chuqur shikastlanishlargacha mahorat bilan bartaraf etamiz. Zamonaviy yorug‘lik yordamida qotadigan gelio plombalarimiz tish rangiga to‘liq mos tushadi va ko‘p yillar davomida o‘z mustahkamligini saqlaydi.

Biz nimani taklif qilamiz

Xizmatlar va narxlar

Devid - C

UZS 100.000

Dentlayt (Rossiya) nur bilan qotuvchi plomba

UZS 150.000

Harizma, Denfil (Germaniya) nur bilan qotuvchi plomba

UZS 200.000

Estelayt (Yaponiya) nur bilan qotuvchi plomba

UZS 300.000

G-aenial A’CHORD (Yaponiya) nur bilan qotuvchi plomba

UZS 400.000

Tez So'raladigan Savollar

Eng ko'p beriladigan savollarga javoblar

Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.

Karies boshlang‘ich bosqichda tish yuzasidagi oq yoki jigarrang dog‘lar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, shirin, sovuq yoki issiq mahsulotlar iste’mol qilganda qisqa muddatli sezuvchanlik paydo bo‘lishi kariesning ilk belgisidir. Profilaktik ko‘riklar kariesni og‘riq bermasdan oldin aniqlash imkonini beradi.

Biz foydalanadigan zamonaviy nanokompozit materiallar, to‘g‘ri parvarish qilinganda, o‘rtacha 5 yildan 10 yilgacha va undan ko‘proq xizmat qiladi. Plombaning chidamliligi bemorning shaxsiy gigiyenasiga va tishga tushadigan yuklamaga ham bog‘liq.

Oddiy plomba shunchaki tishdagi bo‘shliqni to‘ldirsa, badiiy restavratsiya tishning tabiiy relyefi, do‘ngchalari, egatlari va rang o‘tishlarini gradatsiyasini to‘liq qayta tiklaydi. Natijada davolangan tishni sog‘lom tishdan ajratib bo‘lmaydi.

Ha, agar plomba chetlari tishga jips yopishmay qolgan bo‘lsa mikro-yoriqlar paydo bo‘lsa, uning ostida ikkilamchi karies rivojlanishi mumkin. Rangning o‘zgarishi ham plomba germetikligining buzilganidan dalolat berishi mumkin, shuning uchun ularni yangilash tavsiya etiladi.

Ha, homiladorlikning ikkinchi trimestri 4-6 oylik tishlarni davolash uchun eng xavfsiz davr hisoblanadi. Infeksiya o‘chog‘ini qoldirish homila uchun ko‘proq xavfli bo‘lishi mumkin. Biz homilador ayollar uchun xavfsiz, tarkibida adrenalin bo‘lmagan maxsus anesteziya vositalarini qo‘llaymiz.

Ko'proq ma'lumot kerakmi?