ag‘-tish tizimining to‘g‘ri funksiyasini tiklash, ya’ni qiyshiq tishlarni tekislash va tishlamni prikusni to‘g‘rilash xizmatidir.
Tishlarning noto‘g‘ri joylashuvi nafaqat estetik noqulaylik tug‘diradi, balki chaynash funksiyasining buzilishi va milk kasalliklariga ham sabab bo‘ladi. Dr. Ochilov klinikasida zamonaviy ortodontiya usullari yordamida har qanday yoshdagi bemorlarning tishlarini tekislash va tabassum simmetriyasini tiklash imkoniyati mavjud. Biz metal, keramika estetik breketlar hamda deyarli ko‘rinmas shaffof elaynerlar (kappalar) yordamida davolashni taklif etamiz. Shifokorimiz ko‘rigidan so‘ng, yuz tuzilishingiz va tish holatingizga mos keluvchi eng samarali tizim individual ravishda tanlanadi.
Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.
Ortodontik davolanishning yosh chegarasi yo‘q. Tishlarni va tishlamni har qanday yoshda (hatto 30–40 yoshdan keyin ham) muvaffaqiyatli tekislash mumkin. Bolalarda bu jarayon biroz tezroq kechadi, kattalarda esa suyak shakllanib bo‘lgani sababli biroz ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin. Lekin Class muammolari kattalarda ba'zi hollarda jarrohlik amaliyoti orqali tiklanadi
Breketlarni o‘rnatish jarayoni mutlaqo og‘riqsiz. Biroq, o‘rnatilgandan keyingi dastlabki 3–7 kun davomida tishlarda bosim va yengil simillash his qilinishi tabiiy, chunki tishlar harakatlanishni boshlaydi. Bu moslashish davri bo‘lib, o‘rtacha bir haftada o‘tib ketadi va bemor unga butunlay ko‘nikadi. Bu davrda tishga bosim bermaslik va yumshoq ovqatlarni yeyish talab qilinadi.
Davolanish muddati har bir bemorning tishlam muammosi murakkabligiga qarab individual belgilanadi. O‘rtacha davomiylik 1 yildan 2,5 yilgacha bo‘lishi mumkin. Dastlabki sezilarli natijalarni esa breket taqqandan keyin 3–4 oy ichida ko‘rish mumkin.
Breket tizimining qulflari ko‘chib ketmasligi uchun o‘ta qattiq (yong‘oq, quritilgan non, qattiq konfetlar) va yopishqoq (saqich, karamel, irislar) mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Olma, sabzi kabi meva-sabzavotlarni esa tishlamasdan, bo‘laklarga bo‘lib yeyish kerak bo‘ladi.
Ha, zamonaviy stomatologiyada breketlarga muqobil sifatida elaynerlar (shaffof kappalar) mavjud. Ular mutlaqo shaffof bo‘lib, tishda deyarli ko‘rinmaydi va ovqatlanish hamda tish yuvish vaqtida osongina yechib qo‘yiladi. Biroq, elaynerlar hamma turdagi murakkab tishlam muammolariga to‘g‘ri kelavermaydi, shuning uchun shifokor ko‘rigi zarur.