Sog‘lom va tabiiy tabassumni zamonaviy qaytaramiz!
Yo‘qotilgan tishlarning o‘rnini qoplashning eng zamonaviy ishonchli va estetik jihatdan mukammal usuli.
Dr. Ochilov klinikasida implantatsiya amaliyoti eng yuqori xalqaro standartlar va to‘liq sterillik muhitida olib boriladi. Biz qo‘llaydigan titan implantlar organizm tomonidan begonalashtirilmaydi va o‘z tishlaringizdek tabiiy tuyg‘uni taqdim etadi. Zamonaviy raqamli diagnostika (3D rentgen) yordamida har bir bemor uchun individual davolash rejasi tuziladi va jarayon mutlaqo og‘riqsiz kechadi. Biz nafaqat tishning funksiyasini, balki uning estetik go‘zalligini ham qaytaramiz.
Bu yerda bizning xizmatlarimiz davolash va klinikadagi sharoitlar haqida eng ommabop savollarga qisqa va aniq javoblarni topishingiz mumkin.
Yo‘q mutlaqo og‘riqsiz. Amaliyot mahalliy anesteziya ya'ni og‘riqsizlantirish ostida o‘tkaziladi. Bemor jarayon davomida hech qanday noqulaylik his qilmaydi. Operatsiyadan keyingi yengil simillash esa shifokor tavsiya qilgan oddiy og‘riq qoldiruvchilar yordamida oson bartaraf etiladi.
To‘g‘ri parvarish qilinganda va shifokor tavsiyalariga amal qilinganda, implantlar umrbod xizmat qilishi mumkin. Bizning klinikamizda o‘rnatilgan implantlarning sifati va chidamliligiga uzoq muddatli rasmiy kafolat beriladi.
Bitta implantni jag‘ suyagiga o‘rnatish jarrohlik qismi o‘rtacha 15–30 daqiqa vaqt oladi. Shundan so‘ng implantning suyakka to‘liq birikishi (osteointegratsiya) uchun yuqori jag‘da 4–6 oy, pastki jag‘da esa 2–3 oy vaqt talab etiladi. Suyak bitgach ustiga doimiy tish toji qo‘yiladi.
Zamonaviy stomatologiyada implantlarning suyakka muvaffaqiyatli o‘rnashish ko‘rsatkichi 98-99% ni tashkil qiladi. Biz yuqori biologik moslashuvchanlikka ega bo‘lgan sof titandan ishlangan yetakchi brendlar implantlaridan foydalanamiz, bu esa rad etish xavfini deyarli nolga tushiradi.
Onkologik kasalliklar, qon ivishining og‘ir buzilishlari, dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabet va og‘iz bo‘shlig‘ining o‘ta yomon gigiyenasi implantatsiyaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Surunkali kasalliklar nazorat ostida bo‘lsa (kompensatsiya bosqichida) aksariyat hollarda implant o‘rnatishga ruxsat beriladi.